Hodisalar

AQSH samolyotlari Suriya qiruvchilarini El-Hasaka osmonidan quvib chiqardi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishF-22 Raptor AQSH qiruvchi samolyoti
F-22 Raptor AQSH qiruvchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH boshchiligidagi harbiy koalitsiya xabariga koʻra, ular buni hududda joylashgan oʻz maxsus kuchlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirgan.

TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. AQSH boshchiligidagi koalitsiya ga qarashli samolyotlar El-Hasaka osmonida Suriyaga tegishli boʻlgan ikki qiruvchi samolyotni kutib olib, ularni hududni tark etishga majbur qildi, deb xabar qilmoqda Reyter AQSH Mudofaa vazirligi xabariga asosan.  

Nashr xabariga koʻra, voqeada hech qaysi tomon zarar koʻrmagan.

Eslatib oʻtamiz, Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan El-Hasaka shahri qurd muxolifatchilari nazorati ostida boʻlib, bu yerda AQSH harbiy instruktorlari qurd muxolifatchilarini tayorlaydigan harbiy-oʻquv lageri joylashgan. Qonuniy Suriyaga tegishli boʻlgan ushbu hududga Suriya harbiylari oxirgi 5 yil ichida birinchi bor kirishga urinib koʻrishdi. 

Bir necha kun oldin Suriya harbiylari ushbu hududga havodan zarba berishgan edi. Oʻshanda qurd demokratik partiyasi rahbari Ibrohim Ibrohim, tinch aholi orasida qurbonlar boʻlganini xabar qilgan edi. Suriya harbiylari esa, ushbu zarba berilishiga sabab — "Asaish" Qurdiston ishchi partiyasi tomonidan kelishuvni buzilishi boʻldi, deb xabar qilishgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala