Jamiyat

Oʻzbekistonda 1000 km avtomagistral yangi ogʻirlik standartiga oʻtkaziladi

Markaziy Osiyoning markazida joylashgan Oʻzbekiston - mamlakatlar orasida oʻziga xos chorraha rolini oʻynaydi. Shuning uchun ham xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan magistrallar jadallik bilan yangi ogʻirlik standartga oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning oxirga qadar mamlakatni kesib oʻtgan xalqaro avtomagistrallarni yangi ogʻirlik standartiga oʻtkazish dasturi amalga oshirilmoqda, respublika Yoʻl fondi vakili xabariga asosan.

Avtomagistralning tezyurar qismi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Dushanbedan Oʻzbekistongacha avtomagistral xalqaro banklar yordamida quriladi

Uning soʻzlariga qaraganda, Markaziy Osiyoning markazida joylashgan Oʻzbekiston Janubiy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlaydigan oʻziga xos chorrahaga aylanmoqda. Mamlakat hududini kun sayin yuzlab yuk avtomobillari kesib oʻtadi. Bugungi kunda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarning katta qismi sobiq Ittifoq  davrida qurilgan boʻlib, ular zamonaviy yuk avtomobillariga ogʻirligiga dosh bermaydi.

“Mahalliy avtomobilchilarga “garmoshka” tushunchasi yaxshi tanish. Oʻzbekistonning issiq iqlimida yozda asfalt oʻta yuqori darajagacha qiziydi, shu vaqtda uning ustidan ogʻir yuk mashinasi oʻtganda yoʻlda garmoshka paydo boʻladi. Oʻnlab yillar oldin qurilgan yoʻllar, zamonaviy avtomobillar ogʻirligiga dosh bera olmaydi”, — deydi mutaxassis.  

Ekspertning soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekistonda 2013 yildan beri respublika avtomagistrallarini yangi ogʻirlik standartiga oʻtkazish dasturi amalga oshirilmoqda. Unga koʻra yuk avtomobilining har bir oʻqiga tushadigan ogʻirlik 10 tonnadan 13 tonnaga oshirilmoqda. Yangi quriladigan yoʻllar esa, boshidan yangi standart boʻyicha quriladi.

Iqtisod
Oʻzbekiston tezyurar avtomagistral qurish uchun 405 mln $ kredit oldi

Ushbu yilning oxiriga qadar oʻzbekistonlik avtoyoʻlchilar Milliy magistral tarkibiga kiruvchi 120 km yoʻlni yangi ogʻirlik standartiga oʻtkazishni rejalashtirishgan. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilshi rejalashtirilgan ishlar va ajratiladigan moliya hajmi yil sayin bir necha barobar oshirib borilmoqda. Mablagʻlar Respublika yoʻl fondidan ajratiladi.

Yaqin toʻrt yil ichida, asosiy yangilash ishlari "Buxoro-Qarshi-Gʻuzor-Termez" va "Beynau-Qoʻngʻirot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-Toshkent-Andijon" yoʻnalishlarida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala