Hasanboy Do‘smatov Rio olimpiadasining eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi

© Internatsionalnaya assotsiatsiya boksaO‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov
O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng yengil vazn (49 kg) toifasida Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etgan va oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Hasanboy Do‘smatovning texnikasi, xatti-harakatlari boks mutaxassislarini bee’tibor qoldirmagan, deb xabar qilinadi Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) matbuot-xizmati xabarida.

Xabarda e’tirof etilishicha, amerikalik Niko Xarndez, qozog‘istonlik Birjan Jakipov, finalda esa kubalik Yurberyen Martines ustidan g‘alaba qozongan O‘zbekistonning 23 yoshli vakili Hasanboy Do‘smatov Olimpiya turniri davomida a’lo formada bo‘lgan.

"Men aniq bilamanki, oilam men uchun juda baxtiyor bo‘ladi. Chempion bo‘lganimdan hayajondaman. Olimpiya o‘yinlaridagi ajoyib tajriba uchun Rioga minnatdorchilik bildirmoqchiman", — deb aytgan Do‘smatov.

Vel Barker kubogi AIBA qo‘mitasi qarori bilan 1934-yildan beri Olimpiada o‘yinlari turnirining eng yaxshi bokschilariga taqdim etib kelinadi. Mukofot 1926-1929 yillarda Xalqaro Boks Federatsiyasi prezidenti bo‘lgan Vel Barker sharafiga shunday nomlanadi.

Braziliya terma jamoasi o‘yinchisi Andre Nasimento - Sputnik O‘zbekiston
Rio Olimpiadasining kulgili lahzalari

Kubokning eng mashhur kubok sohiblari orasida kubalik 3 karra Olimpiada chempioni Teofilo Stivenson, ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko sanab o‘tish mumkin. 2012-yilgi London Olimpiadasi yakunida esa Vel Parker kubogi Qozog‘iston vakili Serik Sapiyevga berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov Rio-2016 olimpiyadasining birinchi "oltini"ni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchidir. O‘zbekiston terma jamoasi jami 13ta mukofotni qo‘lga kiritdi: shulardan to‘rttasi oltin, ikkitasi kumush va yettitasi bronza medallardir.

Yangiliklar lentasi
0