O‘zbekistondagi davlat idoralari yagona ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birlashadi

Obuna bo‘lish
Hukumatning 2016-yil 12-avgustdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron hukumat idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i yaratiladi. 2017-yil 1-yanvariga kelib O‘zbekistondagi 50ta davlat tashkiloti elektron hukumat ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali bog‘lanadi, deb xabar beradi nuz.uz.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. «O‘zbektelekom» AK idoralararo tarmoq operatori sifatida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi va tarmoqning uzluksiz ishlashi, rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlaydi.
O‘zbektelekom elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlariga idoralar hamda idoralararo elektron tizimlardan foydalanish imkonini taqdim etadi.

Hujjatda 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo elektron tizimlari idoralararo tarmoq orqali bog‘lanadi.

Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda bog‘lanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatidan 50ta muassasa o‘rin oldi. Ular orasida Vazirlar Mahkamasi, 15ta vazirlik (shuningdek iqtisodiyot va moliya vazirligi), 7ta davlat qo‘mitasi (shuningdek xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, soliq va bojxona qo‘mitalari), 5 agentlik (shuningdek O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi), 3 markaz (shuningdek Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi), ikkita bank (Markaziy va Xalq banki), uchta davlat kompaniyasi – “O‘zbekneftegaz” MXK, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekturizm” MK va 14ta hokimiyat bor.

Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining idoralararo tarmog‘idan foydalanish samaradorligini tahlil qilish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va elektron hukumat Markazi zimmasiga yuklangan.

Yangiliklar lentasi
0