Qirg‘iziston tutqunlikdagi militsionerni O‘zbekistonga topshirdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQirg‘iziston chegarasi
Qirg‘iziston chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabar qilishicha, Tojiboyev familiyali o‘zbek militsioneri chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jarimaga tortilgan va O‘zbekistonga topshirilgan.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Bir necha kun ilgari Qirg‘iziston hududida qo‘lga olingan o‘zbekistonlik militsioner o‘zbek huquq-tartibot  organlariga topshirildi, deb xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston Qirg‘iziston davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib.

Qirg‘izistondagi Kerben 24-radioreley tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston 7 o‘zbek militsioneri vertolotda Unqur toqqa qo‘ngani haqida bong urmoqda
Ilgariroq Qirg‘iziston davlat chegara xizmati rahbari Abdikarim Alimbayev o‘zbekistonlik militsionerlar Unqur-Too kelishilmagan hududida hech kimni garovga olishmaganini ma’lum qilgandi.

"Biz o‘zbek militsionerlaridan teleminora xodimi biz bilan aloqaga chiqishini so‘radik. Radiouzatish stansiyasi xodimlari bilan hammasi joyida, ular odatiy rejimda ishlashmoqda", — dedi Alimbayev.

Sal oldin davlat chegara xizmati o‘zbekistonlik yetti militsioner vertolotda o‘zbek-qirg‘iz chegarasining belgilanmagan qismi —Unqur tog‘ hududiga tushganini ma’lum qilgandi. Ular o‘z hamkasblarini qo‘yib yuborilishini va O‘rta-To‘qay suv ombori atrofidagi postlar olib tashlanishini talab qilishgan.

22 avgust kuni Qirg‘iziston davlat chegara xizmati raisi Abdikarim Alimbayevning O‘zbekiston MXX chegara qo‘shinlari qo‘mondoni, MXX raisi o‘rinbosari Rustam Eminjonov bilan o‘zaro telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tgan. Tomonlar vaziyatni barqarorlashtirishga tayyorliklarini bildirishgan.

Davlat chegara xizmatining ma’lum qilishicha, Tojiboyev familiyali o‘zbek militsioneri chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jarimaga tortilgan va O‘zbekistonga topshirilgan. Lekin O‘zbekiston militsiya xodimlari hali ham Unqur tog‘da qolishmoqda. O‘zbekiston O‘rta-To‘qay suv ombori atrofidagi militsiya postlari olib tashlanishini talab qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0