Moskva metrosida "xo‘jayinlik" qilgan cho‘ntakkesarlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMoskva metropoliteni
Moskva metropoliteni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar Moskva metropolitenida "xo‘jayinlikni" to‘liq qo‘lga olgan. Xabarda aytilishicha, uch kissavur "o‘lja"ni chalg‘itish bilan shug‘ullangan, to‘rtinchisi esa bu orada uning cho‘ntagini "tozalagan".

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Moskva Metrosi IIB politsiyachilari yer osti yo‘lida yo‘lovchilarni talon-taroj qilish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoyatchilar guruhini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazdi, deb xabar qilgan RIA Novosti nashriga Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Volkning aytishicha, militsiya xodimlari poyezd vagonida uxlab qolgan yo‘lovchini o‘rab olib, uning cho‘ntagidan uyali telefonini chiqarib, keyingi bekatda tushib qolgan to‘rt nafar erkakning izidan tushishgan.

"Shubhali shaxslar teskari yo‘nalishda harakatlanayotgan poyez vagoniga kirib, yo‘lovchilar orasida "yo‘qolib" qolishga uringanlar. Ammo keyingi bekatda ularni metropolitenda navbatchilik qiladigan politsiyachilar kutib olgan. Jinoyatda gumon qilinayotgan uyushgan guruhning uch nafar vakili voqea joyida qo‘lga olingan, ulardan biri o‘g‘irlangan telefonni uloqtirib qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo tez orada metro vestibulida qo‘lga tushgan", — deb xabar qilgan Rossiya IIV vakili.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar Moskva metropolitenida "xo‘jayinlikni" to‘liq qo‘lga olgan. Xabarda aytilishicha, uch kissavur "o‘lja"ni chalg‘itish bilan shug‘ullangan, to‘rtinchisi esa bu orada jabrdiydalar cho‘ntagidan telefon, qopchiq va boshqa qimmatbaho buyumlarni "sug‘urib olish" bilan shug‘ullangan.

Hozirda kissavurlar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. "Cho‘ntakkesarlarni 10-yilgacha qamoq jazosi kutmoqda", — deb xabar qilmoqda nashr.

Yangiliklar lentasi
0