Qrim Ukrainadan “20 yillik talonchilik” uchun tovon to‘lovi talab qilmoqchi

© Sputnik / Alexey MalgavkoYalta
Yalta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrim hukumati Kiyevning yarimorol atrofidagi suveren suvlar bo‘yicha e’tiroziga javoban yigirma yil davomida amalga oshirgan talonchilik oqibatida respublikaga yetkazilgan zarar uchun Ukraina tovon to‘lashi lozimligini da’vo qilishi mumkin, dedi Qrim hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Ruslan Balbek.

 

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Qrim hukumati Kiyevning yarimorol atrofidagi suveren suvlar bo‘yicha e’tiroziga javoban yigirma yil davomida amalga oshirgan talonchilik oqibatida respublikaga yetkazilgan zarar uchun Ukraina tovon to‘lashi lozimligini da’vo qilishi mumkin, dedi Qrim hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Ruslan Balbek, RIA Novosti xabariga asosan.

Ilgariroq Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin mamlakat tez kunda Qrim atrofidagi suvlarga nisbatan suveren huquqlar bo‘yicha arbitrajga murojaat qilishini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya bilan o‘zaro maslahatlashuvlarni yakunladi va ishni UNCLOS — dengiz huquqlari bo‘yicha BMT Konvensiyasiga asosan sudga oshiradi.

"Qrim qarshi da’vo qo‘zg‘ashi va Ukrainadan yarimorolda yigirma yil davomida Kiyev hokimiyati “xo‘jayinligi” ostida Qrim yerlarining, ko‘chmas mulklarining talon-taroj qilinishi, barcha soliqlardan tushgan pullarning olib qo‘yilishi, lekin hudud infratuzilmasi va iqtisodiyoti rivojlanishi uchun hech narsa qilinmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lovi talab qilishi mumkin", — dedi Balbek RIA Novostiga.

Balbek Kiyevning e’tirozi hech qanday huquqiy oqibatga ega emasligini ta’kidladi.

"Ehtimol, Rossiya Federatsiyasini Ukraina talabiga bo‘ysunishga hukm chiqaruvchi sud topilar. Lekin bu talablar sudyaning xayolida va ukrainalik siyosatchilarning alahsirashlaridagina bajariladi", — dedi u.

 

Yangiliklar lentasi
0