Toshkent Mexanika zavodi chet ellik sarmoyadorlarga topshiriladi

© tmz.uzToshkent Mexanika zavodi
Toshkent Mexanika zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning Tayxman grupp, fransiyaning Alstom va Xitoyning Pensheng grup korxonalari sobiq aviatsiya zavodi asosida yangi qo‘shma korxonalar tuzishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkent Mexanika zavodi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan, qo‘shma korxonalar yaratish uchun asos bo‘lishga mo‘ljallangan 15 korxona ro‘yxatidan joy oldi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana".

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi qarori bilan TMZ, tarkibiga kamida 15% chet el sarmoyalari jalb qilinishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Toshkent Mexanika zavodi O‘zbekiston Temir yo‘llari tarkibiga kiritilgan edi. Hozirgi kunda zavodning ning 81,52 % aksiyalari O‘zbekiston Temir yo‘llariga qarashli.

Zavodda, modernizatsiya ishlari yakunlanganidan keyin, mahsulotning yangi turlari ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ular orsida eshik qulflari, kichik yuk ko‘tarish mashinalari, elektrik asinxron dvigatellar, kompressorlar, po‘lat simlar va boshqa mahsulotlar bor.

2017 yil davomida zavodda 27,5 mln dollarlik asbob uskunalar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Zavodda amalga oshirilayotgan eng yirik loyiha, bu – Xitoyning SkyUnionInternational kompaniyasi bian birgalikda amalga oshirilayotgan, qiymati 20 mln dollar bo‘lgan — sovutish kompressorlari ishlab chiqarish korxonasidir. TMZda yiliga 100 ming dona kompressor ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Janubiy Koreyaning HwanghaeElectricCo. Ltd korxonasi elektrik asinxron dvigatellar ishlab chiqarishga 2,5 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirigan. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 500 dona.

Belorussiyaning «Akmodor» kompanisi bilan birga yiliga 100ta kichik yuk ortish avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 4 mln dollar bo‘lgan loyihada chet ellik sarmoyador ulushi 3 mln dollarni tashkil qildi.

Ayni damda zavod quvvati turli detallar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ular orasida turli mexanik qismlar, qurilish konstruksiyalari, maishiy mahsulotlar, qishloq xo‘jalik texnikasi uchun ehtiyot qismlar va boshqalar bor.

Kelajakda ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar orasida press formalari, qoliplangan detallar, rezinotexnik mahsulotlar va plastmassa buyumlari bor. Zavod shuningdek metall kesuvchi va boshqa uskunalar ishlab chiqarish hamda suv nasoslarini ta’mirlash bilan ham shug‘ullanishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0