Kuchli do‘l tufayli beshta qishloq bug‘doyzorlarsiz qoldi

Do‘l
Do‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Issiq-ko‘lda yoqqan kuchli do‘l natijasida umumiy qiymati 31 ming dollarni tashkil qiluvchi ekinzor maydonlari yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Issiq-ko‘l viloyati Tonlab tumanida tabiiy ofat natijasida umumiy qiymati 31 ming $lik ekinzorlar payhon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston respublika FVV matbuot-xizmati xabari asosida.

"Do‘l yog‘ishi 21-avgust kuni ro‘y berdi. Buning oqibatida tumandagi beshta qishloq ekinzorlari yo‘q qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Respublika FVV esa tabiiy ofat natijasida 253 gektar bug‘doy va arpa maydonlari zararlangani haqida xabar qilgan.

Yangiliklar lentasi
0