Tramp yoki Klinton: mashhurlar kimni tanlaydi

© PHOTO DESK / AFPDonald Tramp va Xilari Klinton
Donald Tramp va Xilari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda prezidentlik poygasi avjiga chiqdi – poyganing bosh qahramonlari Donald Tramp va Xillari Klintondir. Amerikaning mashhur kino va teleyulduzlari kimni qo‘llab-quvvatlaydi – RIA Novosti bunga oydinlik kiritdi

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. AQShda prezidentlik poygasi avjiga chiqdi – poyganing bosh qahramonlari Donald Tramp va Xillari Klintondir. Amerikaning mashhur kino va teleyulduzlari kimni qo‘llab-quvvatlaydi – RIA Novosti bunga oydinlik kiritdi.

Klintonga kim ovoz beradi?

Leonardo DiKaprio

Avgust boshida Leonardo DiKaprio Xillari Klinton kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ishda yordam berishini e’lon qilgandi. Buning uchun 23-avgust kuni Los-Anjelesdagi koshonasida “Xillari bilan suhbat” qabulini uyushtiradi. Prezidentlikka nomzod bilan suhbatlashish 33,4 ming dollarga tushadi.

Yaqinda Amerika OAVlari Klinton shtabi va aktor o‘rtasidagi ichki kelishmovchiliklar sababli qabulni DiKaprio o‘rniga Jastin Timberleyk olib borishini xabar qildi. Biroq aktor bu xabarga hech qanday izoh bermadi.

© MARK RALSTON / AFPAkter Leonardo Di Kaprio
Akter Leonardo Di Kaprio - Sputnik O‘zbekiston
Akter Leonardo Di Kaprio

 

Meril Strip

Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlaydiganlar jahonga taniqli aktrisalardan biri Meril Strip ham bor. U demokratlarning syezdida chiqish qilib, “biror sohada birinchi bo‘lgan” buyuk ayollarni sanab o‘tdi.

"Bu ayollarni qandaydir umumiylik – o‘ylash qobiliyati, qalb to‘liqligi va o‘z ishiga bo‘lgan ehtiros birlashtirib turadi”,- dedi u.

© Sputnik / Galina Kmit / Mediabankka o‘tishAmerikanskaya aktrisa Meril Strip
Amerikanskaya aktrisa Meril Strip - Sputnik O‘zbekiston
Amerikanskaya aktrisa Meril Strip

 

Robert de Niro

Amerika kinosining faxriysi Robert de Niro ham demokratlar nomzodiga xayrixoh.

"Menimcha, ayni paytda u (Klinton – tahr.) prezident va mamlakat rahbari bo‘lishga munosib. Hammasi juda oddiy", — deydi de Niro.

 

Elton Jon

Estrada faxriysi ser Elton Jon ham Klintonni tanlaydi. Radio City Music Halldagi chiqishida u Still Standing qo‘shig‘ini Klintonga bag‘ishladi.

Stiven Spilberg

Amerikalik rejissor Klinton faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashmaydi. Biroq OAV xabarlariga qaraganda, u Klinton saylov jamg‘armasiga yaxshigina pul – bir million dollarni xayriya qilgan.

Tramp – bizning nomzod!

Mayk Tayson

Professional bokschi AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp bo‘lishi lozim deb hisoblaydi.

"Kelinglar, yangilikka qo‘l uraylik. Kelinglar, Amerikani teri rangi ahamiyat kasb etmaydigan biznes kabi boshqaraylik. Kelinglar, ishni uddalaydigan birortasini sinab ko‘raylik", — deydi u intervyularidan birida.

© DON EMMERT / AFP Bokser Mayk Tayson
Bokser Mayk Tayson - Sputnik O‘zbekiston
Bokser Mayk Tayson

Loretta Linn

“Kantri” uslubida nom chiqargan xonanda Tramp prezidentlik lavozimida “yuqori notani olishi”ga ishonadi. “Men uni bu mamlakatni o‘zgartirishga urinayotgan yagona inson deb hisoblayman", — dedi u.

Lu Ferrino

Amerika televideniyesining "G‘aroyib Xalki" intervyularidan birida Donald Trampni ko‘klarga ko‘tardi. "Men Donaldga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. U g‘aroyib yigit. U oxirigacha borishini tilayman", — deydi aktor.

Stiven Bolduin

Bolduinlarning kichigi Trampning rostgo‘yligini qadrlashini aytdi.

"U fantastik inson deb hisoblayman. Uni hurmat qilaman. Menimcha, u buyuk prezident bo‘ladi. U siyosatchi emas, shuning uchun unga kimligi va nima deb o‘ylashining ahamiyati yo‘q. Aynan shuning uchun jamiyatda uni muhokama qilishdan charchashmayapti. U nimani o‘ylasa shuni gapiradi", — dedi aktyor.

Kid Rok

Intervyularidan birida o‘zining achchiq tili bilan nom chiqargan rok-musiqachi Trampga ishonishini va respublikachilar nomzodi agarda prezidentlikka saylanib qolsa, AQShni xuddi daromad keltiruvchi yirik biznes kabi boshqarishini istashini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0