Rossiyalik sportchilar Riodagi Paralimpiadada qatnashmaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishParalimpiada - 2012
Paralimpiada - 2012 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik sportchilarning 7-18 sentabr kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiada-2016 o‘yinlarida ishtirok etishlariga ruxsat bermadi, deb xabar berdi RIA Novosti.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik sportchilarning 7-18 sentabr kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiada-2016 o‘yinlarida ishtirok etishlariga ruxsat bermadi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Rossiya OAVlari paralimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Nogiron sportchilar eng buyuk orzularidan mahrum bo‘lishni istashmayapti
Arbitraj sportchilarni o‘yinlardan chetlashtirgan Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining qaroriga nisbatan Rossiyaning shikoyatini rad etdi.

Butunjahon antidoping agentliginining (WADA) Richard Maklaren boshchiligidagi mustaqil komissiyasi 18-iyul kuni Rossiyada davlat miqyosida faoliyat yuritgan doping tizimi haqida bayonot bergandi. Hisobotda xususan, 2012-2015 yillarda rossiyalik paralimpiyachilarning 35ta ijobiy tekshiruv natijalari izsiz g‘oyib bo‘lganligi qayd etilgandi.

Shundan so‘ng WADA Xalqaro paralimpiya qo‘mitasiga (IPS) rossiyalik sportchilarni Paralimpiada-2016dan chetlashtirishni tavsiya qilgandi. IPS 7-avgust kuni agentlik tavsiyasini bajardi. Keyinchalik Rossiya paralimpiya qo‘mitasi sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat bergandi.

Rossiyada IPSning qarorini noinsoniylik, pastkashlik deb atashdi. Milliy paralimpiya qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, Maklarenning hisobotida nomlari tilga olingan sportchilarning birortasi ham Paralimpiada-2016da qatnashadigan terma jamoa tarkibiga kiritilmagandi.

Yangiliklar lentasi
0