Mustaqillik kuni arafasida Toshkentga transport kirib kelishi cheklanadi

© StringerOʻzbekiston militsiyasi
Oʻzbekiston militsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Mustaqillik kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va nishonlash munosabati bilan respublikada xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, poytaxtga kirib kelayotgan avtotransport vositalari tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. Mustaqillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik koʻrilayotgani munosabati bilan Toshkentga 1 sentyabr kuni oldidan avtotransportlarning kirib kelishi cheklanadi, deb maʼlum qildi jurnalistlarga respublika ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Tursunpoʻlat Toshpoʻlatov.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mustaqillik bayrami arafasida "tozalash-antiterror" tadbiri boshlandi
Oʻzbekistonda bu yil Mustaqillik kunining 25 yilligi nishonlanadi. Respublikaning shahar va qishloqlarida bayram kuni ommaviy sayillar, bayram kontsertlari oʻtkaziladi.

"Bayram munosabati bilan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositalari qatʼiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bayram arafasida va bayram kunlari Toshkentda poytaxtga transport vositalarining kirib kelishiga nisbatan cheklov oʻrnatilishi ham mumkin", — dediToshpoʻlatov. U cheklov tafsilotlari va muddatiga aniqlik kiritmadi.

Ilgariroq mahalliy OAVlar 22 avgustdan boshlab Oʻzbekiston viloyatlaridan qatnovchi yoʻlovchi avtobus va mikroavtobuslarning Toshkentga kelishi taqiqlangani haqida xabar berishgandi.

Iyul oyi oxirida Oʻzbekiston IIV Mustaqillik kuni bayramini oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida keng miqyosdagi “Antiterror-tozalov” tadbirini oʻtkazishga kirishgandi. Xususan, butun respublika boʻylab jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish, yongʻin xavfsizligi hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus guruhlar faoliyat koʻrsatmoqda. Tadbir davomida asosiy eʼtibor doimiy roʻyxatda turmaydigan yoki vaqtinchalik roʻyxatda turadigan fuqarolarga, xorij fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mamlakatda boʻlish qoidalariga amal qilishlariga qaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala