Iqtisod

Samsung kompaniyasi ilgari ishlatilgan smartfonlarni sotishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Aleksandr Pashin / Fotobankka oʻtishSamsung Electronics
Samsung Electronics - Sputnik Oʻzbekiston
Samsung Electronics kompaniyasi ilgari ishlatilgan smartfonlar bozorida daromad olishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Janubiy Koreyaning gigant kompaniyasi rejalari haqida “Reyter” informatsion agentligi xabar qildi. Agentlik manbalarining maʼlumotiga qaraganda, Samsung 2017 yilda qayta tiklangan smartfonlarni sotish dasturini yoʻlga qoʻyadi. Kompaniya foydalanuvchilardan (asosan AQSH, Kanada, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarda) avval ishlatilgan flagman smartfonlarni sotib oladi, ularni taʼmirlaydi (masalan akkumulyatori yoki korpusini almashtiradi) va rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida arzon narxda sotadi.

Qayta tiklangan smartfonlarni sotish dasturi Samsungning oʻrtacha darajadagi qurilmalarni sotish evaziga rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlaridagi mavqeini mustahkamlashi kutilmoqda. Bundan tashqari, Samsungning yangi tashabbusi uning xitoylik raqobatchilari bilan kurashishiga imkon beradi.

Kompaniya hozircha “Reyter”ning bu boradagi soʻroviga hech qanday izoh bermadi.

Deloitte kompaniyasi bergan maʼlumotlarga koʻra, 2016 yilda dunyo miqyosida umumiy narxi 17 milliard dollarni tashkil etuvchi 120 million dona ilgari foydalanilgan smartfon sotilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala