Dunyoda

OAV: Turkiya maxsus xizmatlari IDning yangi nishonlari roʻyxatini qoʻlga kiritdi

“Islom davlati” (ID, faoliyati Rossiyada taqiqlangan) terrorchi guruhining jangarilari Turkiyada, shuningdek, Antalyaning sayyohlar orasida ommabop boʻlgan tungi klublarda koʻplab terrorchilik xurujlari amalga oshirishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. “Islom davlati” terrorchi guruhining jangarilari Turkiyada, shuningdek, Antalyaning sayyohlar orasida ommabop boʻlgan tungi klublarda koʻplab terrorchilik xurujlari amalga oshirishni rejalashtirgan. Buni 2015 yildagi Anqaradagi portlash tashkilotchisining uyidan topilgan hujjatlar tasdiqlaydi, deb xabar berdi RIA Novosti Cumhuriyet gazetasiga asoslanib.

Turkiya bayrogʻi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiyada bir qator teraktlar amalga oshirilishi mumkin
Maxsus xizmat xodimlari qator teraktlar, xususan Anqara vokzalidagi terrorchilik harakati tashkilotchisi Yunus Durmazning kompyuteridagi hujjatlarni qoʻlga kiritishdi. “Islom davlati”ning jangarisi may oyida politsiya operatsiyasi chogʻida oʻzini portlatib yuborgandi. Terrorchilar nishoni ostidagi roʻyxatda shanba kuni portlash sodir etilgan Gaziantepdagi  toʻyxona ham boʻlgan.

Terrorchilar birinchi navbatdagi nishon sifatida Turkiya janubi-sharqi va Oʻrtayer dengizi sohilidagi alaviylar qishloqlarini, soʻl partiyalar va xalqlar demokratiyasi partiyasi majlislarini qayd etgan, deyiladi gazeta xabarida. Rotary International xalqaro nohukumat tashkilotining klublari ham zarba ostida qolishi mumkin.

Nashrning xabariga koʻra, jangarilar kamida ming kishini bagʻriga sigʻdira oladigan Antalyadagi tungi klublarni ham nishon sifatida koʻrishmoqda. Ular muassasalardan birining qoʻriqlash xizmatini yoʻq qilish, soʻngra hudkushning oʻzini portlatishini uyushtirishni rejalashtirishgan.
Gazeta shuningdek, jangarilar kamida 150 kishini Turkiyada teraktlar amalga oshirish uchun tayyorlashganini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala