Putin, Merkel va Olland telefon orqali suhbat o‘tkazishdi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishVladimir Putin, Angela Merkel va Fransua Olland
Vladimir Putin, Angela Merkel va Fransua Olland - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘zaro telefon orqali muloqot chog‘ida Donbassning alohida maqomini doimiy asosda qonuniy ravishda mustahkamlash muhimligini ta’kidlashdi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘zaro telefon orqali muloqot chog‘ida Donbassning alohida maqomini doimiy asosda qonuniy ravishda mustahkamlash muhimligini ta’kidlashdi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati, RIA Novostiga asosan.

"Donbassning alohida maqomini muntazam ravishda qonunan mustahkamlash muhimligi, konstitutsion islohotlar va amnistiyalar o‘tkazish, mahalliy saylovlarni tashkil etishga urg‘u berildi", — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, telefon orqali muloqot chog‘ida tomonlar Donbassdagi beqarorlik, tinchlik rejimining buzilishidan xavotirda ekanliklarini bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0