Islom Karimovning Olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risidagi farmoni

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Rio-2016 oltin medali
Rio-2016 oltin medali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olimpiada g‘oliblarini biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlash haqida farmon chiqardi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston TIV rasmiy saytida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi.

"Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida olimpiada harakatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq sportchilar biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar", — deyilgan xabar matnida.

Xabarga muvofiq har bir sportchi oltin medal uchun — 200 000 $; kumush medal uchun — 100 000 $; bronza medal uchun
— 75 000 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.

Farmoyishda pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisobraqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshirilishi aytib o‘tilgan.

© SputnikRioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari
Rioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Rioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari
Yangiliklar lentasi
0