Hodisalar

Qirgʻizistonda yashirin terrorchilik guruhi yetakchisi qoʻlga olindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovQirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi
Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston poytaxtida maxsus operatsiya chogʻida 24 yoshli erkak qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Mamlakat milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari yashirin terrorchilik guruhi yetakchisini qoʻlga oldilar deb xabar berdi qoʻmita matbuot xizmati, Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.

Operatsiya Bishkekdagi Pervomayskiy sud tumanida oʻtkazildi. 24 yoshli O.I.ning yonidan Makarov toʻpponchasi, RGD-5 granatasi, portlovchi qurilmani harakatga keltiradigan simlar, 5,45 va 9 millimetrli oʻqlar hamda jihodchilikka oid elektron materiallar va uchta uyali telefon ashyoviy dalil sifatida olingan, deyiladi qoʻmita xabarida.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari tezkor qidiruv tadbirlarini davom ettirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala