Dunyoda

Poroshenko: dushman Ukrainani tiz choʻktira olmadi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishUkraina prezidenti Pyotr Poroshenko
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Donbassda janglar boshlanganidan buyon qancha harbiy halok boʻlgani haqida gapirdi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Donbassda 2 yildan buyon davom etayotgan harbiy mojaro oqibatida Ukraina 2,5 mingdan ziyod askaridan mahrum boʻldi, deya bayonot qilgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko chorshanba kuni Ukraina mustaqilligi kuni oʻtkazilgan paradda chiqishi vaqtida.

"Donbassdagi qonli mojarolar davom etayotganiga ikki yildan oshdi. Ortga qarab, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, dushmanimiz oʻzining birorta ham strategik maqsadiga erisha olmadi, u Ukrainani tiz choʻktirolmadi. Bizning 2504 nafar harbiylarimiz vatan himoyasi uchun halok boʻldilar", — dedi Poroshenko.

Eslatib oʻtamiz, 2014 yil fevral oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat toʻntarishidan soʻng Donetsk va Lugansk viloyatlari Ukraina tarkibidan chiqishlarini eʼlon qilishgan edi. Shundan soʻng, aniqrogʻi aprel oyidan boshlab Ukraina hukumati "ayirmachi" viloyatlarga qarshi harbiy operatsiyani boshladi. BMTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 9,5 ming kishi ushbu harbiy mojaro qurboniga aylangan.

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishOBSEning maxsus vakili Ukraina kuch xodimlari tomonidan portlatilgan shahar binolarini koʻzdan kechirmoqda
OBSEning maxsus vakili Ukraina kuch xodimlari tomonidan portlatilgan shahar binolarini koʻzdan kechirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
OBSEning maxsus vakili Ukraina kuch xodimlari tomonidan portlatilgan shahar binolarini koʻzdan kechirmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala