Hodisalar

Qozogʻistonlik tadbirkor ayol oʻzbekistonlik erkakni oʻgʻirlab ketdi

© Ctranitsa Lilii Rax v InstagramLiliya Rax
Liliya Rax - Sputnik Oʻzbekiston
Almati politsiyasi moda magazinlari egasi Liliya Rax ishi boʻyicha tafsilotlarni maʼlum qildi. U Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan erkakni oʻgʻirlashda gumon qilinmoqda.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Taniqli tadbirkor, moda magazinlari egasi Liliya Rax Oʻzbekiston fuqarosini oʻgʻirlashda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Almati ichki ishlar departamenti matbuot xizmati, newskaz.ru xabariga asosan.

Liliya Rax inson hayoti yoki sogʻligi uchun xavfli boʻlgan kuch ishlatish yoʻli bilan avvaldan til biriktirib bir guruh shaxslar bilan gʻarazli maqsadda odam oʻgʻirlashda gumon qilinib hibsga olingan.

"2016 yilning 9 iyul kuni Almati shahri politsiyasiga N. ismli fuqaro 33 yoshli Oʻzbekiston fuqarosining bedarak yoʻqolganligi haqida murojaat qilgan. Tezkor qidiruv-surishtiruv tadbirlari chogʻida erkak oʻgʻirlab ketilganligi va ijaraga olingan xonadonlardan birida majburan ushlab turilganligi aniqlandi. Politsiya xodimlarining samarali harakati natijasida qidiruvdagi shaxsning turgan joyi aniqlandi va u ozod qilindi", — deyiladi departament xabarida.

Departamentning maʼlumotiga koʻra, mazkur jinoyatni sodir etishda gumon qilinib toʻrt nafar kishi, jumlada Liliya Rax ham shahar IID uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Tergov tugaguniga qadar gumondorlar ehtiyot chorasi sifatida hibsda saqlanishi belgilab qoʻyildi.

Liliya Rax — moda eksperti, Sauvage Group kompaniyasi muassisi, kiyim magazinlari egasidir. 2015 yilda Business of Fashion internet nashri Liliya Raxni moda sanoatidagi eng taʼsiri kuchli 500 nafar inson qatorida eʼtirof etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala