Dunyoda

Italiyadagi zilzila bir nechta shaharni xarobaga aylantirdi

© REUTERS/Remo Casilli Italiyadagi zilzila
Italiyadagi zilzila - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Italiyada yuz bergan zilzila oqibatida 24 kishi halok boʻlgan, seysmologlar yana kuchli zilzila boʻlish ehtimolini aytishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Italiyada yuz bergan zilzila oqibatida 24 kishi halok boʻlgan, seysmologlar yana kuchli zilzila boʻlish ehtimolini aytishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.
Magnitudasi 6 ballga teng dastlabki yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 03.36da yuz bergan. Zilzila oʻchogʻi Riyeti provintsiyasidagi Akkumoli shahri yaqinida yer yuzasidan toʻrt kilometr chuqurlikda boʻlgan. Amatriche shahrida ham yer silkinishi natijasida koʻplab binolar vayron boʻlgan. Oradan bir soat oʻtgach Umbriya provintsiyasida 5,4 balli ikkinchi zilzila yuz bergan. Yer silkinishi Italiyaning qator shaharlarida, jumladan Rim va Bolonyeda ham sezilgan. Maʼlumotlarga koʻra, kamida uchta — Askoli Picheno, Fermo va Macherata provintsiyalarida vayrongarchilik yuz bergan.
Qurbonlar soni oshib bormoqda. Dastlab olti kishi halok boʻlgani xabar qilingan boʻlsa, keyinroq bu raqam 14taga yetdi. Mahalliy OAVlarning oxirgi maʼlumotlariga qaraganda, zilzila oqibatida 24 kishi halok boʻlgan. Yuzlab kishilar bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala