Erdo‘g‘on: YeI va’da qilgan pul qani?

© REUTERS / UMIT BEKTASTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi Turkiyaga suriyalik qochoqlar uchun ajratishga va’da qilingan 3 milliard yevroni haligacha o‘tkazib bermadi, dedi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Anqaradagi chiqishi chog‘ida.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Yevropa Ittifoqi Turkiyaga suriyalik qochoqlar uchun ajratishga va’da qilingan 3 milliard yevroni haligacha o‘tkazib bermadi, dedi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Anqaradagi chiqishi chog‘ida, RIA Novostiga asosan.

"Biz suriyalik millionlab birodarlarimizni o‘zimiz joylashtirdik. YeI bizga 3 milliard yevro va’da qilgandi. Qani o‘sha pul? Yo‘q. Sakkizinchi oy o‘tapti, yil tugayapti. Ulardan faqat maslahat olyapmiz xolos. Keyin esa “Erdo‘g‘on bizga quloq solmayapti” deyishadi. Lekin biz o‘z oyog‘imizda tura olamiz va qaddimizni bukmaymiz", — dedi Erdo‘g‘on.

YeIga a’zo mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari mart oyida Turkiya bilan migratsion inqirozga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik rejasini kelishib olgandi. Unga ko‘ra, Gretsiyaga Turkiyadan kirib kelgan barcha noqonuniy muhojirlar ortiga qaytariladi, Yevroittifoq Turkiyadan “birga bir” tamoyili asosida suriyalik qonuniy muhojirlarni qabul qiladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Spiegel: Erdo‘g‘on Yevropani “shantaj” qilishga o‘tdi

Ushbu kelishuvlar doirasida may oyida Yevroittifoq Yevroparlament va YeI Kengashiga agar Anqara vizalarni bekor qilish bo‘yicha barcha shartlarni bajarsa Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovini olib tashlashni taklif qilgandi. O‘z navbatida Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on agar Yevroittifoq turk fuqarolariga vizasiz rejimni taqdim etmasa mamlakat migratsion kelishuvdan chiqishini aytib YeIga tahdid qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0