Hodisalar

Italiyadagi yer qimirlashi qurbonlari soni 38 kishiga yetdi

Bir necha oʻnlab kishilar haligacha qulagan uylar ostida qolmoqda, yuzlab odamlar daraksiz yoʻqolganlar roʻyxatida. Hukumat xabariga koʻra, qurbonlar soni hali oʻsishi mumkin.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Bugun Italiyada sodir boʻlgan kuchli yer qimirlashi qurbonlari soni 38 kishiga yetdi, deb xabar qildi Italiya Fuqaro himoyasi xizmatining matbuot kotibi Immakolata Postilone.

Postilonening szlariga qaraganda, ayni damda yuzlab kishilar daraksiz yoʻqolgan, qurbonlar soni hali oʻsishi mumkin.

Italiyadagi zilzila - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Italiyadagi zilzila bir nechta shaharni xarobaga aylantirdi

Xabarlarga koʻra, 6,0 balli birinchi yer osti silkinishi tungi soat 03:36 da sodir boʻlgan (Toshkent vaqti bilan 06:36). Yer qimirlashi epitsentri Riyeti viloyatidagi Akkumoli shahri yaqinida, yer yuzidan taxminan toʻrt kilometr chuqurlikda boʻlgan. Ushbu silkinishlar natijasida Amatriche shahrida ham kuchli vayrongarchiliklar sodir boʻlgan. Magnitudasi 5,4 ball boʻlgan ikkinchi silkinish  tong soat 04:34da Umbriya viloyatida sodir boʻlgan. Undan tashqari Rim va Bolonye shaharlarida ham yer silkinish holatlari kuzatilgan. Tarqatilayotgan xabarlarga koʻra, Askoli Picheno, Fermo viloyatlarida hamda  Marke viloyatining Macherata shaharchisida ham vayronagarchilik yuz bergan.

Yer qimirlashi markazidan 2 km smasofada joylangan Akkumoli shaharchasi binolarning yarmi buzilib ketgan, juda koʻp odamlar uylar va devorlar siniqlari ositida qolgan, deb xabar qildi jurnalistlarga shahar meri Stefano Petruchchi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala