Hodisalar

Qozoq-oʻzbek chegarasida noqonuniy migratsiya oqimiga chek qoʻyildi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishQozogʻiston chegarasi
Qozogʻiston chegarasi - Sputnik Oʻzbekiston
“Qoplonbek” chegara-oʻtkazish punktida tekshiruv chogʻida Oʻzbekistonning 6 fuqarosi soxta migratsiya muhrlari tushirilgan hujjatlar bilan qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida noqonuniy migratsiya oqimini tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi, deb xabar beradi Qozogʻiston MXQ matbuot xizmati.
“Qoplonbek” chegara punkti nazoratchilari tomonidan hujjat tekshirish jarayonida oʻzbekistonlik 6 nafar shaxsning hujjatlaridagi migratsion politsiya muhri soxta ekanligi aniqlandi.

"Tekshiruv tadbirlari chogʻida oʻzbekistonlik har bir fuqarodan 160 000 oʻzbek soʻmi olib, ularga davlat chegarasini toʻsqinliksiz kesib oʻtishiga yordam bergan Qozogʻiston fuqarosi aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, Qozogʻiston fuqarosi olgan pullarini oʻzbekistonliklarga qaytargan va xolislar ishtirokida oʻz aybiga iqror boʻlgan.

Noqonuniy migratsiya oqimiga chek qoʻyildi. Ayni paytda holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala