Yaponiyada Pokemon Go sababli inson halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yaponiya politsiyasi avtomobil haydab ketayotib Pokemon Go o‘ynashi oqibatida ikki kampirni urib yuborgan haydovchini hibsga oldi. Qariyalardan biri vafot etgan.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Yaponiya politsiyasi avtomobil haydab ketayotib  Pokemon Go o‘ynashi oqibatida ikki kampirni urib yuborgan haydovchini hibsga oldi. Qariyalardan biri vafot etgan, deb xabar beradi RIA Novosti Kiodo agentligiga asoslanib.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, Tokusima shahrilik 39 yoshli fermer Kendzi Goo mashina minib ketayotib smartfonida mashhur Pokemon Go o‘yinini o‘ynaganiga iqror bo‘lgan. U 23-avgust kuni yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki keksa ayolni urib yuborgan. Ayollardan biri jiddiy jarohat olgan, ikkinchisi esa vafot etgan.

Kiodoning ma’lum qilishicha, bu Yaponiyada pokemon ovlovchining aybi bilan inson halok bo‘lgan ilk voqeadir.

Yangiliklar lentasi
0