Turkiya mudofaa vaziri qo‘shinlar Suriyadan hozircha chiqib ketmasligini aytdi

© REUTERS / StringerTurk qo‘shinlari
Turk qo‘shinlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turk armiyasi bo‘linmalari oppozitsion ozod Suriya armiyasi kuchlari vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olmagunicha Suriya shimolida qoladi, dedi Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Turk armiyasi bo‘linmalari oppozitsion ozod Suriya armiyasi kuchlari vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olmagunicha Suriya shimolida qoladi, dedi Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik, RIA Novostiga asosan.

"Chegaradagi hodisalar (Turkiyaga Suriyadan raketa tushishi) sababli bizning 21 nafar fuqaromiz halok bo‘ldi, 84 nafari jarohatlandi. Asosiy maqsadimiz Jarablusni ID terrorchi guruhidan tozalashdir. Ikkinchi maqsadimiz ID o‘rnini suriyalik kurdlar egallashiga yo‘l qo‘ymaslik. Jarablus bu qisqa va uzoq muddatli istiqbolda muhim nuqtadir. Suriyada amaldagi hukumat yo‘qligi sababli biz o‘z chegaralarimizni o‘zimiz himoya qilishga majburmiz. Ozod Suriya armiyasi bu yerda vaziyatni to‘liq nazoratiga olmagunicha bu yerda qolishga haqlimiz", — dedi Ishik NTV telekanaliga.

Turkiya armiyasi chorshanba kuni Suriya shimolidagi Jarablus shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshladi. Turkiya HHK ID guruhi jangarilariga aviazarbalar berdi, zarbalar shuningdek tank va artilleriya orqali ham berilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0