Moskvadagi aksariyat zo‘rlashlar Markaziy osiyoliklar tomonidan sodir etiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRossiya politsiyasi.
Rossiya politsiyasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva politsiyasi zo‘rlash va jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarga deyarli har kuni duch keladi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Moskvaga kelganlar zo‘rlash bilan bog‘liq jinoyatlarning 75 foizini sodir etishadi, bu turdagi jinoyatchilarning 90 foizi Osiyo mamlakatlaridan kelganlar, dedi Moskva shahar IIVBB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mixail Trubnikov “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash va profilaktika” deb nomlangan davra stolida.

"Agar umumiy statistikani oladigan va zo‘rlashlarni sodir etganlar soniga bo‘ladigan bo‘lsak, ushbu jinoyatni sodir etganlarning 75 foizi moskvalik emas. Jinoyat sodir etganlarning 90 foizi Osiyo mamlakatlari: Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondan”, — dedi Trubnikov.

U politsiya zo‘rlash va jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarga deyarli har kuni duch kelishini bildirdi.

"O‘tgan yilgiga nisbatan jinoyatlar miqdori ozaydi. Lekin yana bir narsani hisobga olish lozim. Ko‘pincha ayollar bu haqda xabar qilishmaydi”, — dedi u.

Uning aytishicha, zo‘rlash jinoyatlarining kamayishiga migrantlarning poytaxtdan ommaviy ketishlari sabab bo‘lmoqda. Mazkur yo‘nalishda politsiya duch kelayotgan eng katta muammo esa pedofiliyadir.

"Men bu holat zo‘rlash muammosidan ham yuqoriroqda turadi deb hisoblayman”, — dedi politsiya vakili.

Yangiliklar lentasi
0