Bodom mag‘zi O‘zbekistondan eksport qilinadigan eng qimmat mahsulot bo‘ldi

© Sputnik / StringerToshkentdagi oziq-ovqat yarmarkasi
Toshkentdagi oziq-ovqat yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Po‘sti tozalanmagan bodomning bir tonnasi esa qo‘shni mamlakatlar uchun 4770 dollardan 6201 dollargacha, boshqa mamlakatlar uchun esa 4500 dollardan 5850 dollargacha deb baholandi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Xalqaro oziq-ovqat yarmarkasi ma’muriyati bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tayotgan haftada O‘zbekistondan eksport qilinadigan eng qimmat mahsulot bodom mag‘zi bo‘ldi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

O‘zbekiston bilan qo‘shni davlatlar uchun FCA shartlariga ko‘ra (xaridor barcha yetkazib berish jarayonini tashkil etadi, sotuvchi esa mahsulotni yetkazib berganida majburiyati bajarilgan deb hisoblanadi) uning bir tonnasi 7420 dollardan 9540 dollargachani tashkil etdi. Boshqa mamlakatlar uchun esa narx tonnasiga 7000-9000 dollar atrofida bo‘ldi.

Po‘sti tozalanmagan bodomning bir tonnasi esa qo‘shni mamlakatlar uchun 4770 dollardan 6201 dollargacha, boshqa mamlakatlar uchun esa 4500 dollardan 5850 dollargacha deb baholandi.

Yangiliklar lentasi
0