Nemislarning 80 foizdan ortig‘i niqobga qarshi chiqmoqda

© Sputnik / Natalia Seliverstova / Mediabankka o‘tishNiqob
Niqob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘rov natijalariga ko‘ra, har ikkinchi nemis (51%) niqobning butunlay taqiqlanishini yoqlaydi, har uchinchi nemis fuqarosi esa (30%) davlat tashkilotlari va maktablarda niqob o‘rashni taqiqlash kerak deb hisoblaydi.

 

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Germaniya fuqarolarining aksariyat qismi (81 foiz) jamoat joylarida ayollarning niqob o‘rab yurishlariga qarshi chiqishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti ARD telekanalining DeutschlandTrend so‘roviga asoslanib.

So‘rov natijalariga ko‘ra, har ikkinchi nemis (51%) niqobning butunlay taqiqlanishini yoqlaydi, har uchinchi nemis fuqarosi esa (30%) davlat tashkilotlari va maktablarda niqob o‘rashni taqiqlash kerak deb hisoblaydi. So‘rovda ishtirok etganlarning 15 foizi esa niqob o‘rash taqiqlanishiga qarshi ekanligini bildirgan.

Seshanba kuni Independent gazetasi Osnabruk shahri sudi musulmon o‘quvchining maktabga niqobda kelishini taqiqlagan edi. Gimnaziya rahbariyati uning niqobda kelishi o‘qituvchilar bilan muloqotda xalaqit berishini aytib qizga niqobda kelishni taqiqlaganidan so‘ng o‘quvchi sudga murojaat qilgandi.

Shu bilan birga Fransiyadagi Nissa shahri va Moviy sohildagi 15ta shahar ma’muriyati musulmon ayollarning cho‘milish kiyimi – burkini kiyishlarini taqiqladi.

 

Yangiliklar lentasi
0