Jamiyat

Putin sakkiz generalni ishdan haydadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Tergov Qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 8 nafar nufuzli generallar oʻz lavozimidan boʻshatildi.

 

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki Ishlar vazirligi va Tergov Qoʻmitasi organlarida ishlayotgan sakkiz nafar generalni oʻz lavozimidan boʻshatish haqida buyruq imzoladi, deb xabar bermoqda huquqiy xabarlar portali.

Rossiya Tergov Qoʻmitasi Bosh boshqarmasining korruptsiyaga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari general-mayor Dmitriy Shershakov va general-mayor Vitaliy Frolovlar prezident buyrugʻiga asosan oʻz lavozimlaridan boʻshatilgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining Krasnoyarsk oʻlkasi boʻyicha Bosh Boshqarmasi boshligʻi general-leytenant Vadim Antonov, uning oʻrinbosari general-mayor Vyacheslav Andreyev, Orenburg viloyati FVV Bosh boshqarmasi boshligʻi general-mayor Petr Ivanov, Rossiya IIVning Qoʻriqlash Boʻlinmasi Bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari  general-mayor Aleksey Laushkin hamda Tambov viloyati Tergov Qoʻmitasi rahbari general-mayor Aleksandr Tiskovskiylar ham oʻz lavozimidan ozod qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala