Qrimda xalqaro jaz festivali ochildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishoktebel Jazz Party - jaz festivali
oktebel Jazz Party - jaz festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrimda kecha Koktebel Jazz Partu festivali o‘z faoliyatini boshladi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Juma kuni kechqurun Qrimda xalqaro jaz musiqasi festivali Koktebel Jazz Partu ochildi.

Festival ochilish marosimida Tula filarminiyasi katta ansambli, Rossiya va Britaniyalik musiqachilardan tuzilgan “JB and 24 Kopeks” guruhi, Yaponiyaning “Tachibana Quintet” guruhi hamda Yakov Okunning Ispaniya, Belgiya, Germaniya, Fransiya va Rossiyalik musiqachilardan  tashkil topgan xalqaro ansambllari ishtirok etishdi.

Festivalni Tula filarmoniyasi Big-bendi boshlab berdi. Ular Andreya Eshpaya, Germana Lukyanova, Igorya Kantukova kabi Rossiya bastakorlari yaratgan jaz musiqalani ijro etishdi. Big-Bend musiqasi ostida Karina Kojevnikova qo‘shiqar ijro etdi.

TACHIBANA QUINTET guruhi pianino ijrochisi Marta Kato mehmonlarga “Xayrli kech, hammangizga rahmat, men judayam xursandman” degan ruscha so‘zlar bilan salom berdi. Yaponiyalik musiqachilar Qrim tabiatining go‘zalligi va Koktebelda hukm surayotgan muhit ularni qoyil qoldirganini aytishdi.

JB AND 24 KOPEKS guruhida Britaniyalik gitarachi va ijrochi Djulian Bardok Rossiyalik mashhur musiqachilar bilan birgalikda sahnaga chiqdi. Ular o‘z dasturi oxirida mashhur The Beatles guruhining Come Together va Back To The USSR qo‘shiqlarini ijro etishdi.

Konsert Rossiyalik pianinochi Yakov Okunning Belgiya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyalik musiqachilar bilan birgalikda ijro etgan musiqasi bilan yakunlandi.

Koktebel Jazz Party – har yili o‘tkaziladigan Jaz festivali bo‘lib, u jurnalist Dmitriy Kiselev tashabusi bilan bir necha yil oldin boshlangan edi. Qrimning kichik qishlog‘i bo‘lgan Koktebel tez orada “Jaz makka”si sifatida dunyoga mashhur bo‘ldi.

Festivalni Rossiyaning barcha yirik axborot vositalari VGTRK, Rossiya 1, Rossiya-Kultura, Rossiya 24, Mayak radiosi, Kultura radiosi, Vesti FM, Radio JAZZ 89.1 FM OAVlri yoritib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0