Sport

Namanganda snayperlar bahsi boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishSport snayper vinovkasi
Sport snayper vinovkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Pnevmatik qurollardan oʻq otish boʻyicha musobaqa gʻoliblari sentyabrda Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirda qatnashadi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Namanganda Pnevmatik quroldan otish boʻyicha, Yoshlar orasida Oʻzbekiston Kubogi final musobaqalari boʻlib oʻtdi. Undan 1998 va undan keyingi yillarda tugʻilgan yoshlar qatnashdi.

Yuzdan ortiq qatnashchilar nafaqat gʻalaba, balkim mamlakat terma jamoasidan oʻrin olish uchun ham kurash olib borishdi. Ushbu musobaqalar pnevmatik quroldan oʻq otish respublikaning turli hudularida yuqori darajada rivojlanib borayotganini koʻrsatdi, deb xabar qilmoqda  Nuz.uz portali.  

Pnevmatik quroldan otish boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi finali, har doimgidek, oʻta jiddiy raqobat vaziyatida boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatning 108 eng yaxshi merganlari qatnashdi. Merganlarning yarmi — qiz bolalardir, — deyilgan xabarda.

Qizlar orasida respublika boʻyicha eng yaxshi natijani Toshkent viloyati vakili Zaynab Pardaboyeva koʻrsatdi.Namanganlik Muxtasar Toxirova ikkinchi oʻrinni va Andijonlik Elya Kondrashova – uchinchi oʻrinni egalladi.

Oʻgʻil bolalar orasida eng yaxshi natijani Samarqan viloyati vakili Umid Pardayev namoyish qildi. Ikkinchi oʻrin – Toshkent viloyati vakili Rail Valiv, Andijonlik Mahkamboy Sharobiddinov esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Musobaqada Andijon jamoasi eng koʻp ochko toʻplab musobaqa gʻolibi boʻldi va mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi va uchinchi oʻrinni esa Fargʻonalik merganlar egalladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala