Toshkentda olimpiyachilarga pul mukofotlari va "Malibu" kalitlari topshirildi

© UZ24Toshkentda olimpiyachilarga pul mukofotlari va "Malibu" kalitlari topshirildi
Toshkentda olimpiyachilarga pul mukofotlari va Malibu kalitlari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘olib sportchilarga O‘zbekiston Prezidenti nomidan pul sertifikatlari hamda “Shevrole Malibu” avtomobillari kalitlari topshirildi.

 

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 2016-yilgi Rio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘li o‘tdi, deb xabar qiladi nuz.uz.

G‘olib sportchilarga O‘zbekiston Prezidenti nomidan pul sertifikatlari hamda “Shevrole Malibu” avtomobillari kaliti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga ko‘ra, olimpiya chempionlari 200 ming, kumush medal sohiblari 100 ming va bronza medal egalari 75 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiada O‘zbekiston uchun eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza medalini qo‘lga kiritib, terma jamoa umumiy medallar jamlamasi bo‘yicha 207 davlat ichida 21-o‘rinni, MDH davlatlari ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi esa Olimpiadada medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Yangiliklar lentasi
0