O‘zbekiston telekanallari xorijiy ko‘rsatuvlarni namoyish etadi

© UZ24O‘zbekiston telekanallari xorijiy ko‘rsatuvlarni namoyish etadi
O‘zbekiston telekanallari xorijiy ko‘rsatuvlarni namoyish etadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning teleradiomahsulotlari milliy urf-odatlar va umummilliy madaniy qadriyatlarga mos bo‘lishi lozim.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) teleradioefirlarga chet ellik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini joylash uchun litsenziya huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha import shartnomalarini tuzish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytildi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shunday qilib, o‘zbekistonliklar endi televidenie va radio orqali sifatli xorij ko‘rsatuv va eshittirishlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin. Asosiysi, teleradiomahsulotlari milliy urf-odatlar va umummilliy madaniy qadriyatlarga mos bo‘lishi lozim.

Buning uchun MTRK badiiy kengashi mas’ul bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0