Kreml rasmiylari: Islom Karimovning betobligi tufayli chuqur taassufdamiz

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishMoskva, Kreml
Moskva, Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kreml hukumati O‘zbekiston Prezidentining betobligi munosabati bilan chuqur taassufda ekanligini bildirib, u kishiga tezroq sog‘ayib ketishini tilamoqda, deya ta’kidladi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. "O‘zbekiston prezidenti betobligi munosabati bilan chuqur taassufdamiz. Moskva rasmiylari nomidan u kishiga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Ma’lumotlarga keladigan bo‘lsak, biz, OAV va diplomatik kanallardan olinayotgan ma’lumotlargagina egamiz", — deb ta’kidladi Peskov jurnalistlarga.

O‘zbekistonda shu hodisa tufayli holat notinchlanishi mumkinligi haqidagi taxminlarga Putinning matbuot-kotibi quyidagicha javob qaytargan: "Birinchidan savol noto‘g‘ri qo‘yilgan. Yana bir bor takrorlab o‘tmoqchiman, Rossiya hukumati O‘zbekiston prezidentiga tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi. Biz o‘rtadagi munosabatlarni qadrlaymiz, yaqinda Karimovning Rossiyaga tashrifi doirasida tuzilgan rejalar ham ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikdan nishona bo‘lgandi, shu bois, prezident haqida faqat ijobiy, yaxshi xabarlarni kutib qolamiz".

Yangiliklar lentasi
0