Jamiyat

Karimovning goʻyoki vafot etgani haqidagi mish-mishlardan soʻng Toshkentda vaziyat tinch

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1 sentyabr - Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent bayroqlar va bayromona pannolar bilan bezatilgan. Oʻzbekiston poytaxtida vaziyat bir tekis: huquqni muhofaza qilish kuchlari yoxud harbiylar soni koʻpaytirilgani sezilgani yoʻq.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Dushanba kuni OAVlarda eʼlon qilingan Oʻzbekiston prezidentining goʻyoki vafot etgani haqidagi xabarlardan soʻng Toshkentda vaziyat tinch, deb xabar qilmoqda muxbir.

1 sentyabr — Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent bayroqlar va bayromona pannolar bilan bezatilgan. Oʻzbekiston poytaxtida vaziyat bir tekis: huquqni muhofaza qilish kuchlari yoxud harbiylar soni koʻpaytirilgani sezilgani yoʻq.

Harakat toʻsilishi ham kuzatilgani yoʻq.

OʻzBekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident apparati: Islom Karimov stabil holda

Mahalliy telekanallar va radiostantsiyalar kundalik tartibda faoliyat yuritishmoqda: ularda bayramoldi dasturlar va kontsertlar namoyish etilmoqda.

"Fergana" nashri dushanba kuni kechqurun Oʻzbekiston rahbari kunduz kuni insultdan soʻng vafot etgani haqida xabar tarqatgan edi. Oʻzbekiston prezidenti apparatidagi manba dushanba kuni kechqurun Islom Karimovning ahvoli stabil ekanligini maʼlum qildi, va prezidentning vafoti haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu xabar hozircha oʻz rasmiy tasdigʻini topgani yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumati yakshanba kuni Islom Karimov statsionar davolanishga yotqizilgani, va bu "maʼlum vaqtni olishi" haqida xabar tarqatgan edi. Dushanba kuni ertalab Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva oʻzining Instagram sahifasida Prezident miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizilganini, ammo u kishining holati bir xilda ekanligini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0