Jamiyat

Islom Karimovga tilak: Yurtboshimiz toʻrt muchasin but qil yana!

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezidentni qoʻllab-quvvatlab yozilgan maktublar Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga tinimsiz kelib turibdi.

TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabar tarqalishi bilan butun mamlakat xalqi uning tezroq sogʻayishini tilab ijtimoiy tarmoqlarda oʻz xabarlarini qoldirishni boshlashdi. Prezidentni qoʻllab-quvvatlab yozilgan maktublar Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga ham tinimsiz kelib turibdi. Prezidentga atab Aliya Temuriyzoda quyidagi sheʼrni, Muazzam Ibrohimova esa oʻz tilaklarini yuborgan.

Yorugʻ olam turgunicha turgin, Bobo!
Yuragimning koʻzyoshlari tinmay qoldi,
Umrim na tun, kunduzligin bilmay qoldim,
Uyginangda toʻy boʻlyapti, tur, Bobojon,
Sensiz dilga xurramlik ham sigʻmay qoldi…
Koʻzlaringni och, Bobojon, olamga boq —
Osmon qadar koʻtarilgan Sening bayroq!

Qara, seni kutayapti yorqin hayot —
Davlatingga oʻzing bosh boʻl, topib sabot!
Atrof toʻla — duoyingga ochiq kaftlar,
Sihatingni kutayotgan yangi avlod!
Ular halol mehnatingning hosillari,
Ular bilan davom etgin maqsad sari!

Gʻiybatlarga yoʻl qoldirma, elning begi!
Oʻzbek hali ming yil yashar, oʻlmas, degin!
Tillarini tishlab qolsin, dumin qisib,
Mum tishlasin harakat-u ozodligi!
Oʻrningdan tur, qaddingni tut, tur, Bobojon!
Bizlar kabi sogʻ-navqiron yur, Bobojon!

Fisq-u fasod tarqatmasin kas-aldoqchi,
Sogʻay, Bobo, istiqlolga oʻzing soqchi!
Sen keltirgan erk shukhidan nurmand qizing —
Oʻzbek nomin dunyolarga koʻrsatmoqchi!
Bizlar bilan olgʻa-olgʻa yurgin, Bobo!
Yorugʻ olam turgunicha turgin, Bobo!

YO, Xudoyim!
Asra uni yurti uchun!
Yomon qolib, dardni unga berding nechun?
Milyon-milyon farzandiga qaytar uni —
Uyimizda toʻy boʻlyapti axir bugun!
Oʻzing bilguvchisan, Alloh, shafqat qilgin,
Unga ming yil umr berib, Davlat qilgin!

Bir-yarim kun xasta boʻlar tirik jonmiz,
Uni sevding — biz qullaring tinch-omonmiz…
Hurligimiz bayrogʻini tutqizganing —
Islom Bobo borki, biz ham qahramonmiz!
Butun dunyo havas qilgan yurt qil yana,
Yurtboshimiz toʻrt muchasin but qil yana!

Oʻtinaman, yolvoraman, Parvardigor,
Mening bori umrim unga berib yubor!
Unga umr kerak, men-chi — bir pul,
Uning tugamagan buyuk ishlari bor!
Magʻfirat qil va shafqat qil, Yaratganim,
Yana ming yil yurtbosh boʻlsin Bobom manim!

YUrt tinchligini saqlab, shunday dahshatli xolatlarni koʻrsatmayotganingiz uchun ham duodaman. Onalar duoda! Biror handaq ichida qurol ushlab yotmagan, osilib, otilib ketmayotgan otalar duoda! Bombalarsiz osmon ostida quvnab yashayotgan bolajonlar duoda! SHu goʻdaklarning iqboli, kelajagi uchun yashayotgan bolajon xalqingiz duoda!

Yangiliklar lentasi
0