TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. 30 avgust kuni Euronews telekanalida “Oʻzbekistondan maktublar” deb nomlangan koʻrsatuvning birinchi qismi efirga uzatiladi, deb xabar beradi "Oʻzbekturizm" matbuot xizmati. Koʻrsatuv Toshkent vaqti bilan soat 16:20, 22:49 va 00:54 da namoyish qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning avgustidan 2017 yilning martiga qadar Euronews telekanalida Oʻzbekistonning turizm salohiyati haqida koʻrsatuvlar efirga uzatiladi.
Kanal orqali mamlakatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar haqidagi oʻn sakkizta koʻrsatuv namoyish etiladi.