Dunyoda

OAV: Shimoliy Koreyada amaldorlar pulemyot yordamida otib tashlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishShimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi Kim Chen In (oʻngda ikkinchi)
Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi Kim Chen In (oʻngda ikkinchi) - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Chunan ilbo" nashri ismini sir tutgan manbaga tayangan holda Shimoliy Koreyaning ikki amaldori, shu jumladan, qishloq xoʻjalik vaziri ham zenit pulemyot yordamida otib tashlanganini xabar qilmoqda.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya amaldorlarni ommaviy qatl qildi, deb xabar qilmoqda Janubiy Koreya; "Chunan ilbo" nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Koreyaning ikki amaldori, shu jumladan, qishloq xoʻjalik vaziri ham zenit pulemyot yordamida otib tashlangan. RIA Novosti agentligi Renxapga tayangan holda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: 8 yoshga toʻlgan Kim Chen Inga taʼzim qilgan generallar hozir ham uning yonida
Xabarda aytilishicha, ikkinchi amaldor — Shimoliy Koreya Taʼlim vazirligida eng yuqori lavozimlardan birini egallab kelgan Li Chon Chjindir.

"Li Chon Taʼlim vazirligi rahbari boʻlib ishlagan degan taxminlar yoʻq emas", — deya axborot bergan nashrga "Shimoliy Koreyaning ichki ishlaridan yaxshi xabardor boʻlgan" manba.

"Men ega boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq, Shimoliy Koreya qishloq xoʻjaligi va taʼlim vazirlari Kim Chen Inning maxsus koʻrsatmasiga binoan ommaviy ravishda qatl etilganlar", — deya iqtibos keltirgan "Chunan Ilbo" nashri suhbatdosh soʻzlaridan.

Manbaning taʼkidlashicha, qatl etish jarayoni Pxenyandagi harbiy akademiyada zenit pulemyot yordamida amalga oshirilgan.

Manbaning taʼkidiga qaraganda, amaldorlardan biri Kim Chen Inga qarshi koʻrsatma berganlikda, ikkinchisi esa Kim Chen In ishtirokidagi majlis vaqtida uxlab qolgani uchun oliy jazoga mahkum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0