Dunyoda

Obamani oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka oʻtishBarak Obama
Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Gargyulo Obamani taʼtil oʻtkazayotgan Martas-Vinʼyard orolida golf oʻynayotgan paytida oʻldirishni rejalashtirgan", — deyiladi telekanal xabarida.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Federal qidiruv byurosi agentlari Massachusets shtatida yashovchi shaxsni AQSH prezidenti Barak Obamaga suiqasd qilishda gumon qilib hibsga olishdi deb xabar beradi RIA Novosti Fox News telekanaliga asoslanib.

Telekanalning maʼlumot berishicha, 40 yoshli Jozef Gargyulo 27 avgust kuni qoʻlga olingan. Tintuv chogʻida uning uyidan qurol-yarogʻlar va portlovchi moddalar topilgan. FQBga Gargyuloning tanishi uning suiqasdga tayyorlanayotgani haqida maʼlumot yetkazgan.

"Gargyulo Obamani taʼtil oʻtkazayotgan Martas-Vinʼyard orolida golf oʻynayotgan paytida oʻldirishni rejalashtirgan", — deyiladi telekanal xabarida.

Byuroning maʼlumotiga qaraganda, Gargyulo ruhan nosogʻlom boʻlgan va tez orada AQShda harbiy holat kiritilishiga ishongan. U bir necha marta AQSH xavfsizlik xizmati xodimlari va musulmonlarni oʻldirish bilan tahdid qilgan, deyiladi telekanal tomonidan.

 

Yangiliklar lentasi
0