MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari O‘zbekiston Prezidentiga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi

© Sputnik / StringerSergey Lebedev
Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U MDH Ijroiya qo‘mitasi Islom Karimovning salomatligi borasida qo‘shimcha ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

O‘zbekiston hukumati yakshanba kuni Islom Karimov statsionar davolanishda ekanligini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston yetakchisining kasallik sababi va davolanish muddati haqida batafsil ma’lumot keltirilmagan. Dushanba kuni davlat rahbarining qizi Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardan birida Karimov miyaga qon quyilishi sababli reanimatsiyada yotganligini, uning holati barqaror ekanligini bildirgandi.

"O‘zbekiston Prezidentiga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz", — dedi Lebedev jurnalistlarga.

U MDH Ijroiya qo‘mitasi Islom Karimovning salomatligi borasida qo‘shimcha ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0