Madaniyat

Manba: Mustaqillik bayramida Oʻzbekiston xalqini Shavkat Mirziyoyev tabriklaydi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka oʻtishOʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda Respublika Mustaqilligining 25 yilligiga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Prezidentning betobligi tufayli tadbir haqida turli xabarlar eʼlon qilinmoqda, ammo bayramning bekor qilingani haqida rasman eʼlon qilingani yoʻq.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti bilan bogʻliq soʻnggi noxush xabarlarga qaramay, Oʻzbekiston mamlakat Mustaqilligining yubileyini nishonlashga tayyorgarlik koʻrmoqda. Toshkent hokimligi barcha bayramona tadbirlar reja boʻyicha boʻlib oʻtishi haqida xabar qildi.

Sputnik Oʻzbekiston nashriga ishonchli manba asosiy tadbirlar 1 sentyabr kuni oʻtkazilishi haqida xabar qildi. Ammo bu galgi tantanalarda xalqqa prezident emas, balki mamlakat Bosh vaziri murojaat etishi qoʻshimcha qilinmoqda.

"Bayram tadbiri 1 sentyabrda boʻlib oʻtishi eʼlon qilingan. Bu xabarni hozircha hech kim rasman rad etgani yoʻq. Katta tadbirda bu yil Oʻzbekiston Bosh vaziri soʻzga chiqib, xalqni tabriklashi aytilmoqda", — deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekistonga vaziyat yaxshi tanish boʻlgan manba.

Yangiliklar lentasi
0