Lola Karimova otasining shifo topishida yordam beruvchi tilaklar uchun minnatdor bo‘ldi

Obuna bo‘lish
“Saxovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va hotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro xurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman”, -deydi u.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi.

“Aziz yurtdoshlar, sizni barchamiz uchun qadrli ayyom – O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman! Men bizning bag‘rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli xalqimizga baxt-saodat va faravonlik tilayman!”, — deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida.

 

“Saxovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va hotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro xurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman”, —deydi u.

Ilgariroq O‘zbekiston rasmiy OAVlari Vazirlar Mahkamasining Prezident Islom Karimov statsionar davolanishda ekanligi haqidagi xabarini tarqatgan edi.

Karimova-Tillyayeva o‘z tabrigida Islom Karimovning ham tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi va "Azizlar, ushbu fursatdan foydalanib, men barchangizga Prezidentimizning tez shifo topishlarini istab bildirgan samimiy tilaklar va ezgu niyatlaringiz uchun chin qalbimdan o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu bizlar uchun juda ahamiyatlidir, va ushbu nihoyatda samimiy va dildan chiqqan tilaklar va so‘zlar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda deb ishonaman. Sizlarga katta rahmat, azizlar!”, —deya ularni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorligini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0