Marg‘ilonda atlas bayrami bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Viktor Chernov / Mediabankka o‘tishMarg‘ilonning "Atlas" firmasi
Marg‘ilonning Atlas firmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Atlas bayrami" festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish va targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda, deb yozadi "Jahon" axborot agentligi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Shu yilning 6-10-sentabr kunlari Marg‘ilonda ikkinchi "Atlas bayrami" festivali bo‘lib o‘tadi. YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

"Atlas bayrami" festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish va targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirilgan. Unda butun O‘zbekistondan ishtirok etadigan hunarmandlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an’anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.

Tubeteyki. Uzbekistan, Shaxrisabz. Artel “Xudjum” 1936 g. - Sputnik O‘zbekiston
Muzey saqlovchisi: o‘zbeklar bezash ustasi

Shuningdek, "O‘zbekiston to‘qimachiligi va barqaror rivojlanish" mavzusida davra suhbati, "Marg‘ilon osmoni ostida" va "Jahon to‘qimachiligi: G‘arb va Sharq» ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Festival doirasida "Hunarmandlar shaharchasi" deb nomlangan amaliy san’at buyumlari yarmarkasi, O‘zbekiston modelerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, "Devzira" osh tanlovi ham o‘tkaziladi.

Tadbir YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi, "Hunarmand" uyushmasi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, "DVV International" filiali va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0