Yevropaliklar boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimidan mamnun emas

Obuna bo‘lish
Yevropa aholisining ko‘pchilligi, xususan Italiyaning 64%, Fransiyaning 63% va Germaniyaning 54% aholisi o‘z mamlakatlaridagi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimidan qoniqmaydi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Sputnik.Mneniya so‘roviga asosan Yevropa aholisining ko‘pchilligi, xususan  Italiyaning 64%, Fransiyaning 63% va Germaniyaning 54% aholisi o‘z mamlakatlaridagi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimidan qoniqmaydi. Fransiyada 28%, Italiyada 31% va Germaniyada 41% aholi o‘z mamlakatlaridagi ta’lim tizimidan mamnun ekanligini ma’lum qilgan. Ushbu ma’lumotlar Sputnik axborot agentligi buyurtmasiga binoan Ifop izlanishlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

Italiyada ta’lim tizimidan norozilar soni eng ko‘p – 62%, ta’lim tizimidan mamnunlar esa 33% ni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich yoshi 35dan kichik va katta aholi orasida bir xil.

Fransiyada yoshi 35 dan kichik bo‘lganlar orasida ta’lim tizimidan norozi bo‘lganlar soni 53% va undan mamnunlar soni 37 %ni tashkil qildi. Yoshi 35dan katta bo‘lgan respondentlar orasida ushbu ko‘rsatkich 66% va 25% ni tashkil qildi.

Germaniyada esa ushbu masalada ayolar va erkaklar fikri turlicha bo‘ldi. So‘rovda qatnashgan ayollarning 57% boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimidan norozi ekanligini va 38% undan qoniqayotganini bildirgan. Erkaklar orasida esa ushbu ko‘rsatkich 50% va 45 %ni tashkil qildi. So‘rovda qatnashgan yoshlarning (35 yoshgacha)  yarmi 50% ta’lim tizimidan mamnun ekanligini, va 47% norozi ekanligini bildirgan. Yoshi 35 dan katta bo‘lgan aholining 56 % esa — mamnun emasligini bildirgan. Shu bilan bir vaqtda G‘arbiy Germaniyada ta’lim tizimidan norozilar soni 51 %ni, undan qoniqayotganlar soni esa – 44%ni tashkil qildi. Sharqiy Germaniyada esa, norozilar soni ko‘proq – 61%, rozilar soni esa – 33%. Ta’lim tizimini xush ko‘rmaydiganlarning eng ko‘pi Berlinda ekan —  74%.

So‘rov Fransiyaning ijtimoiy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi eng eski kompaniyalaridan biri bo‘lgan IFop kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 28-iyundan 4-iyuliga qadar o‘tkazildi. So‘rovda Germaniyadan 1000 kishi, Fransiyadan 1004 kishi, Italiyadan 1002 kishi  qatnashdi. So‘rovda qatnashganlarning yoshi, jinsi va turar joyi ham qayd qilingan. So‘rov xatolik ehtimoli 3,1%, ishonchlilik ehtimoli 95%ni tashkil qiladi.

Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. “Sputnik. Mneniya”ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. “Sputnik. Mneniya” doimiy ravishda MDH, AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Sputnik (sputniknews.com) – xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniya ning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0