Toshkent-Andijon poyezdi 5-sentabrdan ishga tushirilyapti

Obuna bo‘lish
Xabarda ta’kidlanishicha, poyezd yo‘l davomida Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon vokzallarida to‘xtab o‘tadi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. 2016 yil 5-sentabrdan boshlab yangi 60/59 sonli "O‘zbekiston" yo‘lovchi poyezdi Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilgan "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ.

Qamchiq temiryo‘l tuneli - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona vodiysiga ilk yo‘lovchilar poyezdi qatnovi 27-avgustdan yo‘lga qo‘yiladi
"Poyezd Toshkent markaziy vokzalidan soat 08.05 da jo‘nab ketib, Andijon vokzaliga 14.05 da yetib boradi; Andijon vokzalidan soat esa 15.25 da jo‘nab ketib, Toshkent markaziy vokzaliga 21.25 da yetib boradi", — deyilgan xabarda.

Poyezd yo‘l davomida Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon vokzallarida to‘xtab o‘tishi ta’kidlangan.

Xabarda aytilishicha, poyezd vagonlari uch xil toifaga bo‘lingan: ekonom klass — 45000 so‘m, biznes klass — 68000 so‘m va VIP klass — 130000 so‘m.

Yangiliklar lentasi
0