Jamiyat

“Orzu layneri” qaysi yoʻnalishlarga uchadi?

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner
Boeing 787 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
Boeing 787 Dreamliner samolyoti 5 sentyabrdan parvozlarni mamlakat ichki yoʻnalishlaridan boshlaydi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Oʻzbekistonliklar “orzu laynerida” parvoz qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston havo yoʻllari aviakompaniyasi.

“Sizda parvozdan butunlay yangicha taasurot olish imkoni paydo boʻldi, “orzu layneri”da parvoz qilib qulaylikning yangi darajasiga baho bering”, — deyilgan kompaniya xabarida.

Mutaxassislar aytishiga koʻra, boshqaruv tizimi butunlay yangi boʻlgan ushbu layner avval mamlakat ichida, chet ellik uchuvchi-instruktorlar yordamida, ekspluatatsiya qilinib, boʻlajak uchuvchilar tajriba orttirishi kerak.

© Sputnik / StringerYangi Boing 787 samolyoti uchuvchilar kabinasi
Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi Boing 787 samolyoti uchuvchilar kabinasi
Boing-787 “orzu layneri” eng zamonaviy, uzoq masofaga uchuvchi ilgʻor texnologiyalar asosida yaratilgan va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega samolyot. Yoʻlovchi saloni dizayniga mutlaq yangicha yondashuvi  natijasida, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilariga uzoq parvoz davomida barcha qulayliklarni yaratilgan. Samolyotning tashqi shovqin tovushi avvalgi modellarga nisbatan ikki barobar pasaytirilgan. Drimlayner saloni ichki diametri 1 metrga kengaytirilgan. Samolyot yoʻlovchilarning parvozlarini maroqli oʻtkazishiga imkon beruvchi qulay oʻrindiqlar, pol qoplamalar, yangicha yoritish va shovqin oʻtkazmaydigan tizimlar bilan jihozlangan. Shuningdek, unda har bir yoʻlovchi uchun koʻngilochar dasturli alohida manitorlar va havoni namlantiruvchi maxsus uskunalar oʻrnatilgan.

Sentyabr oyidan boshlab, Milliy aviakompaniya 246 yoʻlovchi oʻrindiqqa ega ushbu laynerda Oʻzbekiston aeroportlaridan AQSH va Kanada, Uzoq Sharq, Osiyo, Afrika hamda Avstraliyaning istalgan aeroportlariga parvozlarni amalga oshirishi mumkin boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala