Qirgʻiziston Oʻzbekiston chegarada nazoratni kuchaytirganini maʼlum qildi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovQirgʻiziston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi. - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Qirgʻiziston chegara xizmati Qirgʻiziston retranslyator minorasi joylashgan Ungar-Too hududiga vertolyotda Oʻzbekiston IIV xodimlari kelib tushganini maʼlum qilgandi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qirgʻiziston bilan bahsli Ungar-Too uchastkasida oʻz xodimlari sonini koʻpaytirdi, deb xabar berdi RIA Novosti Qirgʻiziston davlat chegara xizmatining matbuot xizmati xabariga tayanib.

Ilgariroq Qirgʻiziston chegara xizmati Qirgʻiziston retranslyator minorasi joylashgan Ungar-Too hududiga vertolyotda Oʻzbekiston IIV xodimlari kelib tushganini maʼlum qilgandi. Shuningdek stantsiyaning toʻrt nafar xodimi qoʻlga olinib Oʻzbekistondagi Yangiqoʻrgʻon tumani IIBga olib kelingani aytilgandi. 

Chegarachilarning maʼlumot berishlaricha, Oʻzbekiston davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlarini vaqtincha yopgan. Qirgʻiziston chegara qoʻshinlari qirgʻiz-oʻzbek chegarasida qoʻriqlashning kuchaytirilgan tartibiga oʻtishgan.

"Bugun, 2 sentyabr kuni Ungar-Tooga Oʻzbekiston Respublikasi IIV xodimlari shaxsiy tarkibini almashtirish uchun Oʻzbekistonga qarashli ikkita Mi-8 vertolyoti kelib qoʻndi va kanistrlarda ichimlik suvi keltirdi. Ayni vaqtda Ungar-Toodagi xodimlar soni 15-20 nafarni tashkil etadi", – deyiladi Qirgʻiziston chegara xizmati tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala