Islom Karimov tugʻilib-oʻsgan xonadonda motam marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston hukumati va parlamenti 2 sentyabr oqshomda mamlakat Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etganini maʼlum qilgandi. Mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qilindi.

 

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. “Islom Karimov Samarqand aeroportidan oʻzi tugʻilib-oʻsgan qadrdon ota uyiga olib kelindi. Bu yerda marhumni soʻnggi yoʻlga kuzatish bilan bogʻliq milliy urf-odat va marosimlar ado etildi”, — deb xabar beriladi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan, RIA Novostiga asosan.

Oʻzbekiston hukumati va parlamenti 2 sentyabr oqshomda mamlakat Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etganini maʼlum qilgandi. Mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qilindi. 

Telekompaniya maʼlumotiga koʻra, Samarqand aeroportidan Islom Karimovning uyiga qadar boʻlgan masofada marhumni soʻnggi yoʻlga kuzatish uchun minglab samarqandliklar jam boʻlishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala