Turkmaniston maydon va xiyobonlari nomi Karimov nomi bilan ataladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishArka Neytraliteta v Ashxabade
Arka Neytraliteta v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkman xalqi o‘zbek xalqi bilan birgalikda qayg‘urmoqda, dedi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Turkmaniston maydon va xiyobonlari nomi Islom Karimov nomi bilan ataladi, dedi Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston telekanali efirida.

“Biz doimo uni yodimizda saqlaymiz… Islom Karimov nomi bizning maydon va xiyobonlarimizga qo‘yiladi”, — dedi Burdimuxamedov Samarqandda bo‘lib o‘tgan xayrlashuv marosimida.

Turkmaniston prezidenti Turkman xalqi o‘zbek xalqi bilan birgalikda qayg‘urayotganini ham aytib o‘tdi.

Juma kuni 78 yoshida  vafot etgan Islom Karimov, o‘z ona shahri, Samarqandda dafn etiildi. Ushbu munosobat bilan O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0