Obama Rosssiyadan Suriya masalasida yon berishni talab qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBarak Obama
Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasida Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish - eng muhim masala deb hisoblaydi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. AQSh va Rossiya nuqtayi nazarida Suriya masalasi bo‘ycha hali ham “jiddiy murosasizlik” bor, agar Moskva yon bermasa, Suriya muammosida oldinga yurish qiyin bo‘ladi, dedi AQSh prezidenti Barak Obama.

Bizda Suriyada qanday kuchlarni  qo‘llab quvvatlash va qanday tinchlik o‘rnatish borasida, ruslar bilan jiddiy kelishmovchilik bor. Xususan kuch ishlatishni kamaytiirsh va gumanitar yordam ko‘rsatish masalalarida Rossiya yon bermasa, tinchlik o‘rnatishning keyingi bosqichiga qanday o‘tishimiz noma’lum”, — dedi Obama, Tereza Mey bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga qaraganda Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasida Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish eng muhim masaladir.

Juma kuni TIV rahbari Sergey Lavrov, Rossiya va AQSh Suriyada kuch ishlatish algoritmi va o‘zaro hakatlarni muvofiqlashtirish haqida muzokaralar olib borilayotganini va ular yaqin orada yakunlanishini xabar qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0